Tibbiy xizmatlar

Tibbiy sug‘urta

Tibbiy sug‘urta to‘g‘risida ma’lumot:

Rossiya Federatsiyasida tibbiy sug‘urtaning 2 turi mavjud: majburiy va ixtiyoriy. Majburiy tibbiy sug‘urtasining (OMS) sug‘urta polisi butun Rossiya Federatsiyasi bo‘ylab majburiy tibbiy sug‘urta tizimida bepul tibbiy yordam olishni kafolatlaydi.

Majburiy tibbiy sug‘urta polisini faqat vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnomasi, yashash uchun huquqni beruvchi guvohnomasi yoki vaqtincha boshpana olgan chet elliklarga berilishi mumkin.

OMS polisining amal qilish muddati:

– Rossiya Federatsiyasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga kalendar yil oxirigacha amal qiladigan qog‘oz polisi beriladi;

– Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtincha yashovchi qochoqlar va chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga kalendar yil oxirigacha amal qiladigan, ammo yashash muddati yoki vaqtincha yashash uchun ruxsatnomaning amal qilish muddatidan ko‘proq bo‘lgan qog‘oz polisi beriladi.

Majburiy tibbiy sug‘urta (OMS) polisi sug‘urta kompaniyalarida rasmiylashtiriladi:

ООО «РОСГОССТРАХ»

г. Якутск, ул. Пушкина, д.10,

8 (4112) 42-37-05; 8 (4112) 35-60-17

www.rgs.ru

Пн.-пт. 09.00-18.00 (обед 13:00-14:00)


«САХАМЕДСТРАХ»

г. Якутск, ул. Курашова, д. 40/1,

8 (4112) 44-44-99, факс 8 (4112) 32-56-43

www.sakhamedstrakh.ru

Пн.-пт. 9.00-18.00


СМК «КАПИТАЛ»

г. Якутск, пер. Глухой 2/1,

8 (4112) 25-00-37, 8-800-100-81-02

Пн.-пт. 09:00-17:00; Сб. 09:00-13:00


Boshqa hollarda, Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga binoan, Rossiya hududiga kelgan barcha chet el fuqarolari Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta polisiga (DMS) ega bo‘lishi kerak. Bu nafaqat Rossiyada ishlash uchun patent olish, balki chet el fuqarolariga Rossiya tibbiyot muassasalarida o‘z vaqtida va malakali tibbiy yordam olishlariga imkon berish uchun ham zarur.

Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta (DMS) polisi bilan siz Saxa Respublikasi (Yakutiya) hududida joylashgan har qanday davlat tibbiyot muassasasida tibbiy yordam olish huquqiga ega bo‘lasiz.

DMS polisini rasmiylashtirish uchun qanday hujjatlar kerak:

• Milliy pasport;

• Notarial tasdiqlangan tarjima (asli yoki nusxasi);

• Migratsiya kartasi / viza;

• Migratsiya ro‘yxatidan o‘tganlik.

DMS polisini Saxa Respublikasida (Yakutiya) joylashgan har qanday sug‘urta kompaniyasida olish mumkin.

Страховая компания «ВСК»

г. Якутск, ул. Ойунского, д. 7,

8 (4112) 35-02-92

Пн.-чт. 09:00-18:00; Пт. 09:00-16:45


Страховая компания «ИНГОССТРАХ»

г. Якутск, ул. Кулаковского, д. 20,

8 (4112) 32-07-77

www.ingos.ru

Пн.-пт. 9:00-18:00


Страховая компания «СОГАЗ»

г. Якутск, ул. Орджоникидзе, д. 47,

8 (4112) 40-37-85

Пн.-пт. 9:00-18:00